Bugun, 28 sentabr kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida O‘zLiDeP tomonidan tashkillashtirilgan saylovchilar bilan uchrashuvda ishtirok etmoqda.
Kun.uz'ning xabar berishicha, Farg‘onadagi uchrashuvda nomzodga so‘z berilganida, Shavkat Mirziyoyev saylov jarayoni haqida o‘z fikrini bildirdi.
“O‘tgan 5 yil davomida biz nimadan qutuldik, desangiz men aytaman – qo‘rquvdan qutuldik. Mana, kecha Namangandagi uchrashuvda bir tadbirkor menga aytyapti – hozir 80 mln dollarlik aylanma mablag‘im bor, deyapti. Oldingi davr bo‘lsa 80 mln emas, 8 ming dollari bo‘lsa darhol nazoratga olinardi. Kim halol ishlayotgan bo‘lsa xotirjam yuraversin, boy bo‘lsin, xalqiga foydasi tegsin.
Saylovda hamma o‘z yuragiga qarab tanlov qilsin. Kimni istasangiz shuni saylang. Faqat oldingidek bir kishi butun oilaning pasportini olib borib saylab kelmasin. Ongli ravishda bo‘lsin. Demokratik yo‘ldan ketishimizni butun dunyo hamjamiyatiga namoyish etamiz, deb ishonaman”, – dedi prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?