Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan afg‘onistonlik yonidan 9 kilodan ortiq giyohvand modda topildi

Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan afg‘onistonlik yonidan 9 kilodan ortiq giyohvand modda topildi
DXX xodimlari O‘zbekiston hududidagi noqonuniy ravishda giyohvand moddalar olib kirilishining oldini oldi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha xodimlari hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olingan.

Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yonidan 9 kilogramm 84 gramm opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar