
Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizga inson salomatligiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazuvchi kuchli tasir qiluvchi dori vositalarning noqonuniy kirib kelishiga qarshi kurashish maqsadida tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Farg‘ona-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.A boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro M.A ga tegishli bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini kafolatlovchi va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki kiymati 420 million so‘mlik 13972 dona “Regapen 300 mg Pregobalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar