
Ma’lumki jangovor o‘q-dorilarni respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun jazo muqarrarligi belgilangan.
Biroq, bojxona chegaralari orqali kontrabanda predmetlari hisoblanuvchi jangovor o‘q-dorilarni fuqarolar tomonidan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar afsuski uchramoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro A.Z. boshqaruvidagi “SCANIA” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasining orqa o‘rindig‘i tag qismiga 1 dona 12 kalibrli “LEXD MAX sport 24 70 mm.” yozuvli patron yashirilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar