
Qadimiy tangalarni yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro A.A.ning xatti harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.
Ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganida, uning yonida 290 dona turli yillarda zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlandi.
Tangalarning asosiy qismi sobiq ittifoq davrida zarb etilgan bo‘lib yurtimiz tarixiga oid madaniy boyliklar turkumiga kiradi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar