09:00 / 01.10.2021
1 625

O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi viza berishni qayta tikladi

O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi viza berishni qayta tikladi
Foto: Getty Images
O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi barcha turdagi vizalarni taqdim etish xizmatini qayta tikladi. Barcha turdagi vizalar suhbat asosida taqdim qilinadi va viza olishni xohlaganlar onlayn tartibda ro‘yxatga yozilishi kerak.

Cheklangan resurslar va suhbat o‘rinlari soni tufayli, kutish vaqti odatdagidan uzoqroq bo‘lib, murojaatchilar shunga muvofik reja qilishlari lozimligi aytib o‘tilgan.

«Ayni paytda biz birinchi navbatda O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari arizalarini qabul qilmoqdamiz. Cheklangan istisnolardan tashqari turistik/tashrif vizasi bo‘lgan norezidentlar O‘zbekistonda AQSH vizasiga murojaat qila olmaydilar», deyilgan bayonotda.

Agar shoshilinch masala va darhol sayohat qilish ehtiyoji bo‘lsa, [email protected] elektron manzili orqali bog‘lanish ko‘zda tutilgan.
Quyidagi xolatlarda shoshilinch suhbatga murojaatlar qabul qilinishi mumkin:
- F-1, F-2, M-1, M-2 (talabalar);
- J-1, J-2 (almashuv dasturlari);
- C1/D (tranzit/ekipaj a’zolari);
- H1B/H4 (maxsus soha ishchilari);
- I (matbuot/jurnalistlar);
- L1/L2 (kompaniyalararo ko‘chish);
- (noyob yutuq yoki qobiliyatga ega shaxslar);
- P (sportchilar, rassomlar va kinochilar);
- Norezidentlar: E, H1B, L, O, va P.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi viza berishni qayta tikladi