
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5 oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar