Foto: DXX matbuot xizmati
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda pullarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Olmaliq shahrida yashovchi, 33 yoshli fuqaro S.Sh. qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 50 million so‘mni 5 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, uning yashash manzilida 2 million 600 ming so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida ushbu qalbaki pullar Olmaliq shahrida yashovchi, 22 yoshli U.M. va Piskent tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli M.S. tomonidan kompyuter va rangli printer yordamida tayyorlangani aniqlanib, ular ham hibsga olingan.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Shuningdek, ushlangunga qadar ular jami 210 million so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga chiqarib yuborgani aniqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi