Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati. Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga ega tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tilagan.
Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi qayd etilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, prezidentlar kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiyaga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilgan. Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 21 dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida muhokama qilingan edi. 2021 yilning aprelida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi sanasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga borib taqalishini bildirdi.
Rossiya TIV matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga navbatdagi tashrifi davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi