15:12 / 07.10.2021
3 172

O‘zbekistonda lochin bilan ov qilayotgan Dubay shahzodasi (foto)

O‘zbekistonda lochin bilan ov qilayotgan Dubay shahzodasi (foto)
Foto: Twitter / Group Fazza
Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum 6 oktabr kuni ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Bu shahzoda uchun an’ana bo‘lib qolgan va u har yili Navoiyga shu maqsadda keladi. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovlaydi.

Foto: Twitter / Group Fazza
Ma’lumot uchun, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» (AYTAM) joylashgan. Markaz BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Roshid Al-Maktum tashabbusi bilan 2008 yil aprel oyida tashkil etilgan.

Foto: Twitter / Group Fazza
AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi — O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash hamda har yili qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborish kabi tadbirlar majmuasidan iborat.

Foto: Twitter / Group Fazza
Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi, asosan, sentabr—oktabr oylari hisoblanadi.

O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, BAA shayx va shaxzodalari O‘zbekistonga sport va havaskorlik ov qilish maqsadida kelganida o‘zlari bilan shaxsiy ovga o‘rgatilgan lochinlarini olib kelib, qaytarib olib ketadi. Bunda lochinlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (SITES)ning ilovalariga kiritilganligi sababli ularni respublika hududiga olib kirish va olib chiqish uchun SITES’ning O‘zbekistondagi ma’muriy organi – Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus import va eksport SITES ruxsatnomalarini olishi talab etiladi.

Foto: Twitter / Group Fazza
Ushbu o‘rnatilgan tartib asosida ruxsatnomalarda shayxlarning shaxsiy lochinlarining turi va soni ruxsatnomada ko‘rsatilishi bilan birga ularning belgilari (uzuk, mikrochiplari) ruxsatnomaga ilova qilinadi. Ushbu belgilar orqali O‘zbekiston aeroportlaridan biriga qo‘nganda joylardagi bojxona xizmati va Davlat ekologiya qo‘mitasi vakillari ishtirokida birma-bir tekshirilib ruxsatnomalarga maxsus belgilar qo‘yiladi hamda olib chiqib ketish davrida ham xuddi shunday belgilar bo‘yicha ro‘yxat asosida tekshirib chiqariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda lochin bilan ov qilayotgan Dubay shahzodasi (foto)