1 907
O‘zbekiston Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 1 mln gektar yer ijaraga olmoqchi
Foto: Global Look Press
O‘zbekiston Rossiyadan 1 million gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Ulardan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. Bu haqda «RBK» nashriga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Oktabr oyi boshida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin bilan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni o‘zbekistonlik fermerlarga ijaraga berishni muhokama qilgan.
Birinchi bosqichda «muloqot o‘rnatish va o‘zaro hamkorlik mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish» maqsadida 35 ming gektar yerni ijaraga olish taklif qilingan. Bunda Rossiya sharoitlarida yetishtirilishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari: bug‘doy, soya, moyli ekinlar ekilishi mumkin. Hosil O‘zbekistonga olib kelinadi.
Ta’kidlanishicha, yaqin yillarda ijaraga olingan yerlarning umumiy maydoni 300−500 ming gektargacha, istiqbolda esa 1 million gektargacha kengaytirilishi mumkin.
Bunga javoban Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Levin mamlakatning 23 ta hududi ushbu loyihaga qiziqish bildirganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qishloq xo‘jaligi uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan 8−13 million gektarga yerga ega. «RBK»ning yozishicha, bu kabi choraga «O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlarini qiyin ahvolga solayotgan yer va suv tanqisligi» sabab bo‘lmoqda.
Rossiya tomoni O‘zbekistonga o‘simlik yetishtirish bo‘yicha xorijiy investitsion loyihalarni tashkil etish sharoitlarini tushuntirib bergan. Loyihani amalga oshirish muddatlari va aniq mexanizmlar O‘zbekiston ishchi guruhining Rossiyaga tashrifi doirasida muhokama qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi