Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining «Yangi hayot» mahallasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu yerda 2019—2020 yillarda 14 ta ko‘p qavatli uy qurilgan. Bugungi kunda yana 7 ta 9 qavatli uy qurilishi boshlangan. Ulardagi 504 ta xonadondan 100 tasi kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli ravishda beriladi. Yoshlar mehnat guzari, stadion, bolalar maydonchalari quriladi.
Prezident yangi mavzeda xizmatlarni ko‘paytirish, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etib, bu yerda yashovchilarni ish bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi. Bu maqsadlar uchun katta imkoniyatlar berilyapti. Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo‘lmaydi, deb e’lon qilganmiz. Shundan foydalanib, tadbirkorlar ishtirokida ko‘p uylar qurish mumkin», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda mahalla nuroniylari bilan samimiy muloqot bo‘ldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«Bir paytlar Sirdaryo viloyati faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan edi. Oxirgi yillarda zamonaviy sanoat kirib kelyapti. Mana shunday uylar qurilyapti. Nima uchun? Odamlarda xarid qobiliyati bor. Endi bu ishlarni to‘xtatmasligimiz kerak. Chunki yoshlarimiz yetishib kelyapti, xalqimizning talabi o‘sib boryapti. Davlatimiz shunga munosib sharoit yaratishi kerak», — dedi Prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nuroniylar viloyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yoshlar tarbiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi