Saylov arafasida ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoshlarimizning, jumladan, yoshlarimizning fikrini chalg‘itishga qaratilgan turli postlar, video va audioroliklar aylanmoqda. Bunday g‘oyaviy tahdidlarga hamma o‘z fikrini, pozitsiyasini bildirayapti, ammo oramizda ularga xayrixohlar ham yo‘q deb bo‘lmaydi.
Bizni xursand qiladigan jihat, bugungi odamlarimiz siyosiy jarayonlarning mas’uliyatini chuqur his etadigan, jamiyatimizdagi tinchlik va barqarorlikning shukronasini qilib, uni mustahkamlash yo‘lida bel bog‘lab mehnat qilayotgan bag‘rikeng, sabr-toqatli, mulohazali insonlardir.
«Bizning birovlardan ustunligimiz muhimmas, kechagi holimizdan ustunligimiz muhim», degan gap bor. Darhaqiqat, keyingi yillarda oddiy turmush-tarzimizda, oilaviy sharoit, ro‘zg‘orimizda real ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini hech kim inkor etolmaydi.
Bir vaqtlar plastik kartochkani naqd pul qilish ilinjida unga-bunga iltimos qilish, naqdlashtirib bergan odamga yurakni yulgandek qilib ma’lum foizini qoldirish kabi holatlar bugun tushga aylandi.
Shunday paytlar bo‘ldiki, yaqinda bayramini nishonlagan o‘qituvchi-muallimlarimiz qishloqlarda maoshining ma’lum foizi «naqdlashtiradigan» joyga, ma’lum foizini tuman markaziga borib, naqd qildirib kelib beradigan odamga cho‘ntagiga kirishiga ko‘nikib qolishgan edi.
Poytaxtda propiska yo‘qligidan turar-joyida minglab yoshlarimiz «uchastkavoy»lar bilan it-mushuk bo‘lib, ishlayotgan joyidan ayrilib qolmasligi uchun yurak hovuchlab yashardi, bitta muhrning yo‘qligi dastidan poytaxtda yashash va ishlash orzusidan voz kechib ketgan hamyurtlarimiz qancha edi.
Yaqinlarining operatsiyasi uchun xorijga olib borishga banklardan xorijiy valyuta ololmay, sarson-sargardon bo‘lgan insonlarning guvohi bo‘lganmiz.
Ming shukrki, bugun insonning izzat-nafsini toptaydigan bunday holatlarga barham berildi. Ammo ba’zilarimiz hayotimizdagi bunday o‘zgarishlarni unutib, yangi-yangi ehtiyojlarimizni qondirish ilinjida dod solayotgandekmiz.
Bugun shifokorning qizi, chorvadorning o‘g‘li, fermerning, prokurorning bolasi ham bilimi bo‘lsa, teppa-teng oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilinayapti, ta’limdagi bu o‘zgarishlar qanchadan-qancha oilalarimizga quvonch, kelajakka ishonch bag‘ishladi.
Xullas, kechagi kunimizdan xulosa chiqarib, ertamiz uchun rejalar qilib yashashdan charchamaylik. Ulug‘ adibimiz Maqsud Shayxzoda hol-ahvol so‘rab kelgan shogirdlariga «Ahvolim kechagidan yaxshi, ertangidan yomon» deb javob berarkan. Shayxzoda domla lutf qilganlaridek, hayotimiz kechagidan yaxshi, ertangidan yomon bo‘layotgani rost bo‘lsin!
Nurali Shodiyev,
Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti,
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti,
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi