14:30 / 12.10.2021
964

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari o‘zgardi

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari o‘zgardi
Adliya vazirining buyrug‘i bilan tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Talabnoma beruvchining xohishiga ko‘ra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda, ya’ni talabnoma ko‘rib chiqishga qabul qilinganligi to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida o‘tkazilishi bilan to‘ldirildi. Bunda talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda o‘tkazish talabnoma beruvchining bu haqdagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan e’tiboran 3 oy davomida taqdim qilinishi kerak.

Ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan amalga oshiriladi (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasi).

Belgilanishicha, ifodalangan belgining muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab 10 kun ichida amalga oshiriladi. Uning natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi, unda quyidagilar aks ettiriladi:

- izlash o‘tkazilgan talabnoma raqami;
- talabnoma topshirilgan sana;
- talabnomada ko‘rsatilgan belgining tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi bo‘yicha sinflari;
- axborotni izlash o‘tkazilgan belgining tasviri;
- ma’lumotlar bazalari, lug‘atlar, maxsus adabiyotlar ro‘yxati;
- bibliografik ma’lumotlar ko‘rinishidagi axborotni izlashga aloqador hujjatlar, muayyan sinflarga havolalar;
- axborotni izlash yakunlangan sana.

Belgilanishicha, ommaga ma’lum bo‘lgan har qanday ma’lumotlar axborot izlashning hajmiga kiritilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari o‘zgardi