Foto: Prezident matbuot xizmati
Qarshi shahrida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlanganidan so‘ng Qatag‘on qurbonlari muzeyi hovlisida Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan muloqot qildi.
Jurnalist Jahongir Olimovning Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat tufayli “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li loyihasi taqdiri haqidagi savoliga davlat rahbari shunday javob berdi:
“Bu juda jiddiy masala. Kuni kecha tashqi ishlar vazirimiz Afg‘onistonga borib uchrashuv o‘tkazib keldi, u tomon Termizga keladi, muzokaralarni davom ettiramiz. Afg‘onistonga qanday hukumat kelishidan qat’i nazar xalq manfaatini, iqtisodni o‘ylasa, bu loyiha juda zarurligini anglab yetadi.
“Tolibon” rahbariyati ham bu loyiha amalga oshishiga astoydil roziligini bildiryapti. Lekin ular bir muammoga duch kelishyapti – aksariyat davlatlar ularni tan olmay turib, bunday katta ishlarni amalga oshira olmaydi, hech kim moliyalashtirmaydi. Afg‘onistonning zaxira mablag‘lari muzlatilgan, bu mablag‘lar qaytarilib, xalq zaruratiga ishlatilsa yaxshi bo‘lardi.
Bundan tashqari, hozir Afg‘onistonni kundalik muammolar qiynab turibdi, aholiga ochlik xavf solyapti. Bu davlatda barqarorlik saqlanishi uchun mana shu qishdan eson-omon o‘tib olishlari juda muhim. Machitdagi portlash ham yaxshi signal emas, bu ziddiyatlarni kuchaytiradi.
Loyiha taqdiriga kelsak, biz uni albatta amalga oshirish harakatidamiz. Chunki bu temiryo‘l ko‘p davlatlar uchun juda muhim. Loyihaga kirishganimizdanoq ko‘p davlatlar biz uchun tranzit tariflarini kamaytirgani bejiz emas”, – dedi Shavkat Mirziyoyev OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi