12:53 / 13.10.2021
1 905

Andijonda yog‘ochdan «ko‘prik» yasab odamlarni pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi

Andijonda yog‘ochdan «ko‘prik» yasab odamlarni pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi
Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tumandagi soylardan birining ustiga yog‘ochdan ko‘prik o‘rnatib, odamlardan pul ishlayotgan fuqaro to‘g‘risida tarqalgan xabarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning iyul oyidagi tabiiy ofat oqibatida tumandagi Aravonsoy ko‘prigi yaroqsiz holatga kelib qolgan va undan foydalanish to‘xtatilgan.

10 oktabr kuni «Bozorboshi» MFY Chilonzor ko‘chasida yashovchi 35 yoshli, muqaddam sudlangan N.I. soyga ikkita yog‘ochdan iborat ko‘prik yasab, odamlarni 1000 so‘m evaziga o‘tkazib qo‘yishni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur noqonuniy xatti-harakati Buloqboshi tumani sudida ko‘rib chiqilgan va N.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 200-moddalari (o‘zboshimchalik) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hokimlik matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda tumandagi ko‘prikni qurish va ta’mirlash ishlari boshlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda yog‘ochdan «ko‘prik» yasab odamlarni pul evaziga o‘tkazgan shaxs 7 sutkaga qamaldi