22:26 / 13.10.2021
1 882

“Spark”dagi pirotexnikalar fosh bo‘ldi

“Spark”dagi pirotexnikalar fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizga pirotexnika vositalarining noqonuniy ravishda kirib kelishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro X.S. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Farg‘ona shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, mazkur avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 40,5 mln. so‘mlik jami 29284 dona 4 turdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Spark”dagi pirotexnikalar fosh bo‘ldi