11:30 / 14.10.2021
1 661

Samarqandda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan «Neksiya» yonib ketdi

Samarqandda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan «Neksiya» yonib ketdi
Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati
Bugun, 14 oktabr kuni soat 6:20larda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1050-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Neksiya» rusumli transport vositasi haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

YTH natijasida transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda hushyor, ogoh bo‘lishlarini, uzoq manzillarga yo‘lga chiqishdan oldin dam olishlarini, mashinada ketayotganda charchoq alomatlari sezilsa, to‘xtab, dam olishlarini so‘raymiz. Tezlikni me’yoridan oshirmang”, deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan «Neksiya» yonib ketdi