Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi «Nasaf TV» telekanali.
Ma’lum qilinishicha, 7 oktabr kuni soat 07:45 larda Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo‘lining 15-kilometri oralig‘ida, ya’ni G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda Nexia avtomobilining orqa chap g‘ildiragi chiqib ketgan va mashina ag‘darilib tushgan.
G‘ildirak esa beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia avtomobilining tom qismiga urilgan. Yengil mashina haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi