13:23 / 16.10.2021
1 504

Shavkat Mirziyoyev xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi

Shavkat Mirziyoyev xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
Foto: Milliy mass-media fondi
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Men birinchi kundan boshlab aytganman, chetda yurganlar bizning aybimiz bilan yuribdi. To‘qsoninchi yillarda xorijga ketish yo‘q ediku. Chetda yurganlarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha tashabbuslar bo‘ldi. Men bir gapni aytaman – bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Xorijdagi yurtdoshlarimiz halol mehnatlari bilan topgan pullarini soliqqa tortsak bu adolatdan bo‘lmaydi, siyosatimizga to‘g‘ri kelmaydi.

“Musofir bo‘lmagan musulmon bo‘lmaydi” deyishadi. Men fidoyi farzandlarimizga murojaat qilmoqchiman – ko‘ngillaring to‘q bo‘lsin! Biz yangi soliq yaratish emas, imkon qadar soliqlarni kamaytirish to‘g‘risida o‘ylaymiz. Men kecha MDH davlatlari yig‘ilishida ham migrantlar masalasini ko‘tardim, ularning xavfsizligi, sog‘ligi bo‘yicha takliflarimni aytdim. Endi ular bizdan ishchilar jo‘natishimizni so‘rashyapti. Men ulardan yurtdoshlarimizni o‘qitishlarini va munosib ish berishlarini so‘rayapman
”, – dedi nomzod.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev xorijdagilarning daromadini soliqqa tortish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi