16:15 / 17.10.2021
1 873

Toshkentdagi teploizolyatsiya ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi teploizolyatsiya ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkentning Bektemir tumanida joylashgan teploizolyatsiya ishlab chiqarish sexida 17 oktabr kuni soat 03:24 da yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Husayn Boyqaro ko‘chasi 11-uyda joylashgan «Suvmash» zavodi hududida ijarada bo‘lgan «Texnopleks» MCHJga qarashli ushbu sex bostirmasining ichki va tom qismi hamda uning mahsulotlari 1200 kvadrat metr maydonda yongan.

Yong‘in soat 04:21 da qurshab olinib, soat 04:44 da o‘chirilgan. Yong‘indan bostirma va unga tutash binolarning 5000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi teploizolyatsiya ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi