Foto: Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalining «Markaziy studiya» axborot dasturi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqaro ovchilik guvohnomasi va ov quroli bilan 10 tagacha kaptar ovlashga ruxsatnomasi bo‘la turib, bo‘riga yem uchun 266 ta kaptarni noqonuniy ovlagan. Ushbu holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi va Jarqo‘rg‘on tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida aniqlangan.
Holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman sudi qarori bilan sudlanuvchi fuqaro A.E.ga 106 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Unga tegishli bo‘lgan ovchilik guvohnomasi olib qo‘yilib, ov quroli davlat foydasiga musodara etilgan.
Shuningdek, 266 ta kaptarni o‘ldirib, hayvonot dunyosiga yetkazgan zarari uchun 32 million 585 ming so‘m Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga undirish belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin