23:23 / 18.10.2021
1 827

Toshkentda mast ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda mast ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi
Toshkent shahrida janjal sabab ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda Oliy sud axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning Yashnobod tumanida N.X. mast holda o‘g‘li Sh.X. bilan janjallashib qolgan. Ta’kidlanishicha, o‘g‘li uyiga bolali ayolni olib kelmoqchi bo‘lgan, otasi esa unga uyda joy yo‘qligini aytgan. Shundan so‘ng ular o‘zaro tortishgan va erkak o‘g‘li uxlab yotganini ko‘rib, uning boshiga bolg‘a bilan bir necha marta urib o‘ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi, boshning chap chakka-ensa va asos suyaklarining maydalanib sinishi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan sud majlisida N.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga ushbu modda bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mast ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi