
Foto: «Ray-d.org»
Meva-sabzavotlar saraton xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bunday mahsulotlarni rossiyalik onkolog va jarroh Ivan Karasev Instagramda yozib qoldirgan.
«Birgina meva-sabzavotlarni iste’mol qilish saraton bilan kasallanish xavfini 20 foizga kamaytiradi. Yana hayvon mahsulotlaridan voz kechsak, ushbu raqamni ikkiga ko‘paytirish mumkin. Shu tariqa har beshtadan ikkita saraton kasalligi bartaraf etiladi», – dedi Karasev.
Uning aniqlik kiritishicha, yashil bargli sabzavotlar, apelsin va dukkakli ekinlar tarkibidagi folat kislotasi tufayli saraton rivojlanish xavfini kamaytiradi. Onkologning so‘zlariga ko‘ra, taomnomaga ko‘p miqdorda vitamin va minerallarni kiritishga hojat bo‘lmaydi.
«Xuddi shu choralar saraton qaytalanishining oldini olishga va davolashga, shuningdek, boshqa surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi», – deya xulosa qildi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar