1 546
Go‘sht va kartoshka mahsulotlari narxini arzonlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistonda go‘sht va kartoshka mahsulotlari narxini arzonlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinganini ma’lum qildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 10 oktabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarini, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalari qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)dan ozod qilinadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mayida Prezident Shavkat Mirziyoyev go‘sht va o‘simlik yog‘ining jahon bozoridagi narxlari 1 yildan buyon to‘xtovsiz o‘sayotgani barcha rahbarlarni zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga undashi kerakligini ta’kidlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin