18:50 / 20.10.2021
1 453

DXX firibgar ayolni qo‘lga oldi

DXX firibgar ayolni qo‘lga oldi
Foto: «Department»
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro Z.A. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga 2 000 AQSH dollari evaziga uy olish uchun subsidiya ballarini yig‘ib berish orqali uy olib berishni va’da qilib, shundan 100 AQSH dollarini olib, qolgan 1 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bundan tashqari, Z.A. 2020 yilda 8 nafar fuqaroni tanishlari orqali Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga ularning jami 19 800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX firibgar ayolni qo‘lga oldi