Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Jizzax viloyatida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirib o‘tdi.
— Tez tibbiy yordam xizmatidagi 100 dan ziyod «Damaslar» Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan «Folksvagen» mashinalariga almashtiriladi. Tog‘li va olis hududlar uchun, tibbiy vertolyot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu maqsadlar uchun, kelgusi besh yilda budjetdan 2,1 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Yana bir muhim masala – aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatiga shifokorlarning yetishmasligi ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Viloyatda 1,5 mingga yaqin vrachlarga ehtiyoj mavjud. Shu maqsadda, tibbiyot oliygohlarida o‘qiyotgan 1 ming 200 nafar jizzaxlik talabalarni o‘z hududlarida ishga jalb etish uchun qulay sharoit yaratiladi. Ular bilan shartnoma tuzilib, ta’lim kontrakt pullari hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, «Qishloq shifokori dasturi» ham kengaytirilib, yana qo‘shimcha 6 ta olis qishloqqa ishlashga boradigan yosh shifokorlarga ham, 30 million so‘mdan beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?