O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 9 oyda 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lumot berilmoqda.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga (4,3 mlrd dollar) nisbatan 34,2 foizga, 2019 yilning mos davriga (4,5 mlrd dollar) nisbatan esa 29 foizga o‘sgan.
2021 yilning dastlabki 9 oyida eksport hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga o‘sgan. Iqtisodiy faollikning jadallashishi va asosiy iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishi sharoitida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sib, pandemiyadan oldingi darajaga yetgan.
Shuningdek, asosiy savdo-hamkor davlatlar (Turkiyani hisobga olmaganda) milliy valyutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin o‘zgarishlar kuzatilmagani, real samarali almashuv kursi bo‘yicha tafovutni yuzaga keltirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi