O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 oktabr kuni mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan rossiyalik kuzatuvchilar delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Davlat Dumasi qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikovni qabul qildi.
Rossiya parlamenti vakili O‘zbekiston yetakchisini Prezident saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani va saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan qutladi.
Saylov jarayonlari ilg‘or xalqaro amaliyot va standartlarga muvofiq tayyorlangani va tashkil etilgani borasida qilingan ishlar yuksak baholandi.
O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlar o‘rtasida yaqin va sermahsul muloqot yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, investitsiya, ta’lim, turizm va madaniyat sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikni, shuningdek, MDH makonidagi mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi