Foto: IIBB
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlari o‘z joniga qasd qilishga uringan qizni qutqarib qolganligi aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 oktabr kuni taxminan soat 01.15 larda Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga X.I. ismli fuqaro o‘z joniga qasd qilayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga zudlik bilan shu hududda xizmat olib borayotgan Uchtepa tumani IIO FMB PPX xodimlari yetib kelishgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan professional ravishda amalga oshirgan sa’y-harakatlari tufayli X.I.ning hayotini saqlab qolishgan.
Ushbu hodisaning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar profilaktika inspektori va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan o‘rganilmoqda, deyiladi IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»