15:09 / 29.10.2021
2 258

Qonunchilik talablarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Qonunchilik talablarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh etildi
Transport vositalarining bojxona chegaralari orqali vaqtincha olib kirilishi va belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat mexanizmlari ishlab chiqilgan.

Jumladan, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan e’tiboran to‘qson kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilingan holda bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramasdan, hozirgi kunda ayrim shaxslar tomonidan mazkur qonunchilik talablari qo‘pol ravishda buzilishi kuzatilib kelinmoqda.
Xususan, 2019 yil 2 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Z.N boshqaruvidagi “SЕTRA 422215HD” rusumli avtobus “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatnoma” asosida olib kirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar qaytarib olib chiqib ketilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida mazkur avtobus alohida qismlarga ajratilgan holda sotib yuborilganligi va dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra ushbu avtotransport vositasiga 541 854 128 so‘mlik bojxona to‘lovlari to‘lanishi lozimligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonunchilik talablarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh etildi