
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli qiz Nexia-3 olib qochdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 1 noyabr kuni soat 14:42 larda Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, fuqaro K.M.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli 01 C 455 KB davlat raqam belgili avtomobil Chilonzor tumani 20-daha, 13 uy oldidan olib qochilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosida to‘sib ushlash rejasi e’lon qilinib, qidiruv ishlari amalga oshirildi.
Natijada shu kunning o‘zidayoq Toshkent viloyati, Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YHXB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant J.Ashrapov tomonidan ushbu avtomobilga to‘xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi harakatni davom ettirgan. Kerakli chora tadbirlar amalga oshirilib, avtomobil to‘xtatilgan.
Dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1996 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.B tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng fuqaro T.B. Toshkent shahar IIBB xodimlariga daliliy ashyolar bilan birgalikda topshirilgan.
Toshkent ShahriChilonzor TumaniNexia-3Jinoyat TergoviQidiruv IshlariAvtomobil Olib Qochish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar