Bugun qay bir xududga bormang bir-biridan zamonaviy turar-joylar, ijtimoiy muassasalar, aholi dam olish uchun qulayliklar yaratilgan bog‘ va xiyobonlar qad rostlagan. Ayniqsa, mana shularga xamoxang ravishda turli manzarali va mevali daraxtlar, gulko‘chatlari ektlgani kishi havasini uyg‘otmoqda. Aynan mana shu xudududlar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga Majburiy ijro byurosi organlari ham o‘z hissasini qo‘shishayotgani e’tiborga loyiq.
Shu kunlarda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari yaxshi bir tashabbusni ilgari surishdi. Ya’ni, xiyobon va bog‘larga, ta’lim muassasalari hovlilariga manzarali daraxtlarni o‘tqazishmoqda. Xususan Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan markazda joylashgan xiyobonga turli manzarali, dekorativ daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.
Byuroning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 34-umumta’lim maktabi hovlisiga archa,kashtan kabi 10 dan ortiq manzarali ko‘chatlar o‘tqazildi. Bu tadbirlar davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi