16:02 / 02.11.2021
2 368

Bozorlar sotiladi: «Qo‘yliq»dan «Ippodrom»gacha...

Bozorlar sotiladi: «Qo‘yliq»dan «Ippodrom»gacha...
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, mamlakatimizdagi 60 dan ortiq eng yirik Bozor va savdo komplekslari sotiladi. Ular orasida Toshkent shahridagi barcha eng yirik dehqon va buyum bozorlari bor.

«Ro‘yxatdagi ayrim bozorlar ustidan norasmiy egalik va nazorat o‘tgan zamonda dollardagi milliarderlarni yaratgan», deb yozadi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Uning qayd etishicha, loyihaning matni bilan tanishganda e’tiborga tortadigan birinchi jihat bu — sotiladigan bozorlarga nisbatan «eksperiment tariqasida zamonaviy ko‘rinishga keltirish jumladan, ular negizida «hammasi bir joyda» tamoyili asosida savdo majmualarini tashkil etish» iborasining ishlatilgani.

«Qo‘shtirnoq orasidagi jarayon nimani anglatadi, tushunarsiz. Uni istalgancha talqin qilish mumkin. Bozorlar va rastalar qayta quriladimi? Rastalarni ijaraga olganlar huquqi nima bo‘ladi? Huquqlar qayta sotiladimi?» — deya savol qo‘yadi mutaxassis.

Mutaxassis bozorlarning ulushlari nega Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ixtiyoriga o‘tkazilmayotganiga ham e’tibor qaratadi.

«Axir davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha professionallarning, mutaxassislarning aksari Agentlikda yig‘ilganku. Mazkur talab yer sotib boylik to‘plashdan mahrum bo‘lgan hokimlarning o‘marish uchun yangi manbaga ega bo‘lish istagidagi lobbisiga o‘xshaydi...

...Xullas, loyiha juda xom. Uni bu tarzda qabul qilib bo‘lmaydi
», deydi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlar sotiladi: «Qo‘yliq»dan «Ippodrom»gacha...