Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida er shar’iy nikohdagi xotinini bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib ko‘mdi. Bu haqda «Zamon.uz» xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ayolning opasi singlisining yo‘qolib qolgani va shubhali SMS’lar yozayotgani tufayli ichki ishlar xodimlariga xabar bergan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi erkak organ xodimlari tomonidan ushlangan. Ayolning opasi bergan ma’lumotga ko‘ra, erkak unga singlisini o‘ldirib, ko‘mib tashlaganini aytgan. Izlanishlar natijasida tumandagi hovlilardan birida ayolning murdasi topilgan. U bo‘laklarga bo‘linib, qo‘l sumkasiga joylangan holda bo‘lgan.
Bundan tashqari, surishtiruvlar davomida erkak ayoliga tegishli qariyb 36 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni, 30 ming 500 dollarni va 1 million so‘mni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, SMS’larni ham ayolning opasiga u jo‘natib turgani aniqlangan. Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «i» bandi bilan aybdor deb topgan va unga nisbatan shu modda bo‘yicha 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...