Toshkent shahridagi ko‘p qavatli va xususiy uylarga «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish 2022 yil 31 yanvarga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda xalq deputatlari shahar kengashi sessiyasida «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali direktori Rustam Azimov ma’lum qildi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ko‘p qavatli xonadonlarga va uy-joylarga zamonaviy gaz hisoblash uskunalari o‘rnatish tadbirlari davom etmoqda. Prezidentning 2020 yil 24 sentabrdagi qaroriga ko‘ra, 2020—2021 yillar davomida poytaxtdagi jami aholi iste’molchilariga 616 799 dona zamonaviy gaz hisoblash uskunalari o‘rnatiladi. Ularning 438 512 donasi ko‘p qavatli xonadonlarga, 178 287 donasi esa yerli xonadonlarga mo‘ljallangan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu ishlar uchun «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali tomonidan 182 ta payvandchilar guruhi jalb qilingan. Umuman, jami iste’molchilarni 2022 yilning 31 yanvariga qadar zamonaviy gaz hisoblagichlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish 2021 yil oxirigacha yakunlanishi haqida xabar berilgan edi. So‘ngra shaharda 629 427 nafar chakana gaz iste’molchilari borligi, shundan 448 073 tasi ko‘p qavatli uylarda, 181 354 tasi xususiy uylarda ekani haqida aniqlik kiritilgan. Hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul. Tashkilot besh yillik kafolatli xizmatni kafolatlaydi.
Prezidentning 2020 yil sentabrdagi qarori bilan 2021 yil 1 avgustga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatgan holda gazni monitoring qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni yakunlash topshirilgan edi.
«Gazeta.uz»ning yozishicha, Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan texnoparkda 2020 yil boshidan buyon Osten savdo belgisi ostida «aqlli» gaz hisoblagichlar ishlab chiqarilmoqda. Loyiha 2021 yil iyuligacha 5,28 trillion so‘mlik 3,54 million dona elektron gaz hisoblagichlarini yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
«Intellektual mulk» axborot-qidiruv tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, Artel Engineering va Management i J-United Group kompaniyalari (yagona ta’sischi Toshkent shahar hokimi bo‘lgan Jahongir Ortiqxo‘jayev) Osten tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...