
Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi viloyati FVB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 4 noyabr kuni soat 21:00 larda Chiroqchi tumani «Annaro‘z» mahallasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida 29 yoshli X.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Biroq haydovchi va mashina ichida bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. IIV YHXBB axborot xizmati esa mazkur ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kimga jarohat yetmaganini yozdi. Shuningdek, gaz ballonining portlash vaqtida farq bor — idora ma’lumotiga ko‘ra, portlash soat 19:55 da sodir bo‘lgan.

Foto: Nasafnews
Hozirda holat bo‘yicha Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar