Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Inauguratsiya marosimi Oliy Majlis Senatining Islom Karimov shohko‘chasi, 9-uy manzilida (Tashqi ishlar vazirligining sobiq bosh qarorgohi o‘rnida) joylashgan yangi binosida bo‘lib o‘tdi.
Majlisni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochib berdi. MSK raisi O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirgan.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi.
O‘zbekistonda 24 oktabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar saylovchilarni qabul qildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan saylovchilarning 80,8 foizi ovoz bergan.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi ovoz bergan.
29 oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni keyingi besh yilga O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga ko‘ra, Prezident Oliy Majlis yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida birinchi bor 2016 yilning 14 dekabrida qasamyod qilgandi. Besh yil oldingi prezident saylovlarida O‘zLiDePdan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 88,61 foiz ovozini qo‘lga kiritib, saylovda g‘olib chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...