13:53 / 06.11.2021
1 278

Jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

Jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev
Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar qonun va Prezident himoyasida bo‘lishini ma’lum qildi.

Davlat rahbari mamlakatda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish uchun so‘z va matbuot erkinligini, fuqarolarning axborot olish va uni tarqatish, o‘z fikr va qarashlarini erkin bildirish huquqini ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar hayotga joriy etilayotganini ta’kidlagan.

«Albatta, bunday ochiqlik va oshkoralik sharoitida ishlash, o‘z faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri qabul qilish eskicha qoliplar bilan yashayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qat’i nazar, biz bu yo‘lni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz va uni izchil davom ettiramiz.

Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi
», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida prezident saylovidagi raqiblariga minnatdorlik bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev selektor majlisida hokimlarni keskin tanqid ostiga olib, ulardan xalq oldida kechirim so‘rashni talab qilgandi. Internetda tarqalgan audioyozuv oxirida Prezident hokimlarga ular blogerlarga hisobot berishi lozimligini aytgani aks etgan edi. 2020 yilning 25 dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida Shavkat Mirziyoyev OAV va ochiqlik siyosati haqida so‘z yuritib, «jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz», deya ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev