17:30 / 06.11.2021
1 405

Konstitutsiyamizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Konstitutsiyamizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish borasidagi taklifga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi «Daryo».

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, barcha nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida elektorat vakillari tomonidan bugungi kunda hayotning o‘zi, islohotlar mantig‘i talab etayotgan yana bir muhim taklif ilgari surilgan — bu konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish.

«Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz.

Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak
», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konstitutsiyamizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev