20:10 / 06.11.2021
1 499

O‘zbekiston aholi daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqadi

O‘zbekiston aholi daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqadi
Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida davlat iqtisodi haqida ham gapirib o‘tdi. Prezident mamlakatdagi mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish maqsad qilinganini qayd etdi.

«Nasib etsa, 2030 yilga borib, O‘zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga, avvalo, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishish ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, ‘xom ashyodan – tayyor mahsulotgacha’ degan tamoyil asosida drayver sohalarda klaster tizimini rivojlantiramiz. Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atlariga erishish uchun, avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish choralari amalga oshiriladi.

Shuningdek, budjet va tashqi qarz barqarorligini ta’minlash, mahalliy budjetlarning imkoniyatlarini kengaytirishga birinchi darajali e’tibor qaratiladi
», – deydi Prezident.

Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, soliq yukini kamaytirish, hammaga teng bo‘lgan biznes muhitini va zarur infratuzilma yaratish bo‘yicha boshlagan islohotlar qat’iy davom ettirilishi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholi daromadlari o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqadi