Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili qamoqxonadan noma’lum tomonga olib ketildi. Bu haqda siyosatchining onasi Giuli Alasaniyaga asoslanib «Gruziya Online» ma’lum qildi.
Jazoni o‘tash binosi ustida vertolyot paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, ikkita zirhli texnika ham mavjud bo‘lganligi aytilmoqda. Sobiq prezidentning qarindoshlari va advokatlari qamoqxonaga kirishlari mumkin emas. Taxminlarga ko‘ra, qamoqda bir oydan ortiq ochlik e’lon qilgan Saakashvili harbiy gospitalga olib ketilgan.
«Ikki soat kutdik, ammo javob berishmadi. Bir muncha vaqt oldin uni zirhli mashinada olib chiqishgan, keyin esa, aftidan, vertolyotga o‘tqazishgan. U qayoqqadir g‘oyib bo‘ldi... Gap shundaki, o‘g‘lim endi bu yerda yo‘q», — degan siyosatchining onasi «Report.ge»ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Saakashvilining shaxsiy shifokori Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan chaqirilgan tibbiy kengash sobiq prezidentni zudlik bilan ko‘p tarmoqli klinikaga yotqizish zarurligi haqida xulosa qilganini aytib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...