20:48 / 09.11.2021
1 571

Bojxonachilar 8145 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fosh etishdi

Bojxonachilar 8145 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fosh etishdi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida to‘xtab turgan, fuqaro Q.J. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtoulov belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaning old yo‘lovchi o‘rindig‘i pastki qismida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 300 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari hamda yo‘lovchi Z.J. tegishli, ishga aloqador 407 AQSH dollari va qariyb 3 mln so‘m pullar borligi aniqlandi. Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilgan holda fuqaro Q.J.ning vaqtincha yashab kelayotgan Sergeli tumanida joylashgan xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida xonadon ichida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1215 dona “Tropikamid” va 2100 dona “Regapen pregabalin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, yana bir holatda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Chilonzor tumani hududidagi mehmonxonalarning birida fuqaro A.A.ga biriktirilgan xona xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada unga tegishli 2 dona sumkada jami 4530 dona kapsulada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalariga o‘xshash moddalar borligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan mazkur dori vositasi tarkibida sof og‘irligi 45,3 gr. “zaleplon” nomli kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 8145 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fosh etishdi