1 954
Hozir sarflangan 1 so‘m ertaga 100 dollarlik xarajatning oldini oladi – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika kardiologiya markazlarida davolanish uchun berilgan barcha imtiyozlar filiallarga ham to‘liq tatbiq etilishini ma’lum qildi.
Tibbiyot sohasiga bag‘ishlangan videoselektorda prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi ikki yilda barcha ixtisoslashgan kardiologiya xizmatlarini viloyatgacha tushirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi.
“Bu muammoning ahamiyatini tushunish uchun har bir rahbar o‘zining yaqinlari og‘ir dardga chalingandek harakat qilsin. Axir hamma kasal o‘zimizning xalqimiz-ku!
Bir narsani tushuninglar – hozir sarflangan 1 so‘mimiz ertaga 100 dollar xarajatning oldini oladi. Agar viloyatlar qo‘shimcha mablag‘ga ehtiyoj sezsa, Moliya vazirligidan ssuda olsin. Men ssuda uchun 100 mln dollarlik qarorga ertagayoq imzo chekishga tayyorman. Lekin, o‘yin, korrupsiya bo‘lmasin. Chunki vaziyat juda jiddiy.
Maqsadim, bu borada hech kim muammo, bahona qilmasin. Hozir hamma yirik kompaniyalar o‘z uskunalarini O‘zbekistonda sotyapti. Demak, zarur uskunalarni sotib olish ham muammo bo‘lmasligi kerak.
Bundan buyon, bemorlarning respublika markazlarida davolanishi uchun berilgan barcha imtiyozlar (order berish tartibi), ularning filiallariga ham to‘liq tatbiq etiladi. Misol uchun, yurak tomirlarini stentlash amaliyoti order asosida respublika markazlarida bepul bajarilsa, viloyat filiallarida ushbu xizmatlar bemor tomonidan 100 foiz qoplanadi.
Sog‘liqni saqlash vaziri va Kardiologiya markazi viloyat hokimlari bilan birga ikki oy muddatda kelgusi ikki yilda barcha ixtisoslashgan kardiologiya xizmatlarini viloyatgacha tushirish bo‘yicha dastur ishlab chiqsin”, deydi davlat rahbari.
Kardiologiya markazi faoliyati ham butunlay o‘zgarishi kerakligi qayd etildi. Bunda Kardiologiya markazida 15dan ziyod yuqori texnologik amaliyot yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun, Kardiologiya markazi Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir kasalliklari jarrohlik markazi va Germaniyaning Sharite universiteti kabi nufuzli tibbiyot tashkilotlarida yiliga 30-50 nafardan shifokorlar malakasini oshirishni ta’minlaydi. Ushbu xarajatlar budjetdan qoplab beriladi; Markazga preventiv kardiologiya, nur yordamida diagnostika kabi yo‘nalishlarda yangi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
“Buning uchun, kelgusi yil 1 fevralga qadar markazga ushbu maqsadlar uchun 5 million dollar mablag‘ jalb qilinsin. Kerak bo‘lsa bu mablag‘ni ko‘paytiring. Umuman, qon tomir orqali, yurakdan tashqari boshqa kasalliklarni davolash yo‘lga qo‘yilganini inobatga olib, ushbu markaz klinikasi faoliyatini ko‘p tarmoqli shaklga o‘tkazish vaqti keldi.
Yurak-qon tomir kasalliklarning asosiy sabablaridan biri bu – albatta sog‘lom turmush tarziga rioya etmaslik hisoblanadi. Misol uchun, agar 40 yoshdan oshganlar kuniga 7-8 ming qadam yursa, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish 20 foizga kamayishi nufuzli xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan isbotlangan.
Endi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda har yili eng namunali mahallalarni tanlab, ularga zamonaviy fitnes ko‘chalarini barpo etish uchun 100 milliard so‘m ajratamiz. Viloyat hokimlari 2tadan, tuman va shahar hokimlari 1tadan xuddi shu kabi namunali mahallani tashkil qilsin”, deydi prezident.
Prezident yurgani uchun pul to‘lash amaliyotiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“1 sentabrga qadar “to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalari tashkil etilib, bemorlarni 35 turdagi ko‘rsatma materiallar bilan ta’minlasin. Bu ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilsin.
“Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilar bugungi kunda 600 ming nafarga yetdi, ularga har 10 ming qadam yurgani uchun jami 18 milliard so‘m to‘lab berildi. Kelgusi yilda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va platformadan foydalanuvchilar ko‘lamini yanada kengaytirishga qo‘shimcha 60 milliard so‘m ajratilsin. Qaysi davlatda bor – yurganga pul berish? Lekin men shunga roziman”, – dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...