COVID-19 bois Rossiya Federatsiyasi mehnat bozorida 1 mln xorijlik mehnat migrantiga ehtiyoj tug‘ilgan. Bu haqda Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidentiga asoslanib, O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Xayrulla Umarov.
“Covid-19 pandemiyasi sabab yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat natijasida 2021 yilda Rossiyada qariyb 1 milliongacha xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Buni Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bu raqam qayerdan kelib chiqqan: 2020 yilda pandemiya sababli o‘z yurtiga qaytgan 400 mingdan ziyod fuqarolar va 2021 yil boshida Rossiya Federatsiyasiga kirib kela olmagan 600–800 ming mehnat muhojirlari ana shu 1 milliondan ziyod ehtiyojni keltirib chiqardi”, – dedi TMMA rahbari 9 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar soni 1,5 mln kishidan ortiqni tashkil etadi. Ularning aksariyati – Rossiya Federatsiyasida.
Umarovga ko‘ra, 2021 yil boshidan noyabr oyiga qadar 92 mingdan ortiq fuqaro agentlik tomonidan tashkillashtirilgan holda xorijga ishga yuborilgan. Xorijga mehnat qilish uchun ketayotganlarning xarajatlarini qoplash uchun 1,7 mlrd so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratilgan.
“Subsidiyalar hisobiga 27 800 mehnat migrantining hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalandi. 43 ming kishi 30 dan ziyod turli kasb-hunarni o‘rgandi. 2160dan ortiq kishi rus, ingliz, nemis, yapon va boshqa xorijiy tillarga o‘qitildi.
2021 yilning o‘tgan davri mobaynida 314 ming xorijdagi mehnat migrantlariga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Ularning 892 ming AQSH dollari miqdoridagi ololmayotgan ish haqlari undirib berildi. Boshpanasiz qolgan 308 mehnat muhojiri xostellarga vaqtinchalik joylashtirilgan va 3 mahal ovqat bilan ta’minlandi. Xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 302 mehnat migranti vatanga olib kelindi.
Mehnat muhojirligidan qaytgan 2900 kishi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik tadbirkorlikka o‘qitilgan, shundan 247 mehnat muhojiri o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi”, – deya ma’lum qildi Xayrulla Umarov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...