Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini o‘stirish, tayyorlash, sotish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlanib, jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy jazo belgilangan.
Biroq, ayrim shaxslar tomonidan zahri qotillarni yetishtirish va ularning savdosi bilan shug‘ullanish holatlari hamon uchramoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Denov tumanida yashovchi fuqaro Sh.J. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi xizmat iti yordamida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro Sh.T.ga tegishli qora rangli paket ichida sof og‘irligi 99.84 gramm gashish, 29.6 gramm opiy hamda 1 gramm marixuana giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi