Tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishini oldini olishda hamda “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari bilan xamkorlikda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida olingan ma’lumotga asosan tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.N. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtoulov yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 457,2 million so‘mlik, jami 11 075 dona parfyumeriya vositalari va 9 xil turdagi 77 dona kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi