Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida 10 oktabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Xayrulla Umarov, Slovakiyaning mamlakatdagi elchisi Yan Bori va «SLOVMEDIA SK s.r.o.» kadrlar agentligi vakili T.Bretsk ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda O‘zbekistonda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni kasb va chet tillariga o‘qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berilib, fuqarolarni Slovakiyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va «SLOVMEDIA SK s.r.o.» kadrlar agentligi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Slovakiyaga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolangan. Memorandum doirasida fuqarolarni yuk mashinalari haydovchisi yo‘nalishi bo‘yicha ishga yuborish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, agentlik Slovakiyada ishlash istagida bo‘lgan yuk mashinasi haydovchilari uchun vakansiya e’lon qildi. Qayd etilishicha, oylik maosh 1500 yevrodan boshlanadi. Fuqarolarning turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi. Haydovchi Slovakiya—Germaniya—Niderlandiya—Belgiya—Fransiya yo‘nalishida yuk mashinalarini boshqaradi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- C, E toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
- sohada kamida 15 yillik ish staji;
- emlangan bo‘lishi;
- rus tilini bilish (Yevropa Ittifoqi davlatlari tillarini bilishiga ustunlik beriladi).
Agentlik necha nafar haydovchi ishga qabul qilinishi haqida aniq ma’lumot bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2021 yilning 10 oyi davomida xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, agentlik tomonidan 91 958 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan aksariyat qismi — 84 574 nafar migrant Rossiyaga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi