Prezident farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev rasman O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi. Kun.uz manbasining xabar qilishicha, ayni vaqtda prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirokida sog‘liqni saqlash vazirligida yangi vazirning tanishtiruv marosimi o‘tkazilmoqda.
Musayev bu lavozimda 2020 yil oktabridan buyon ishlab kelgan Abduhakim Hojiboyev o‘rnida ish boshlamoqda.
Behzod Musayev 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston Milliy bankida boshlagan. 1998-2002 yillarda Moliya vazirligida ishlagan va bo‘lim boshlig‘i lavozimidan bosh boshqarma boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. Vazirlikda u dastlab davlat qimmatbaho qog‘ozlar bozori nazoratini yuritgan, keyin fan va ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga mas’ul bo‘lgan.
2002 yilda Hisob palatasiga ishga o‘tgan. 2006-2010 yillarda Hisob palatasi raisi bo‘lgan.
2010 yilda Davlat soliq qo‘mitasidagi faoliyatini bshlagan, 2010-2011 yillarda va 2018 yil martidan dekabrigacha bo‘lgan muddatda DSQ raisi o‘rinbosari, 2018 yil dekabridan qo‘mita raisi lavozimlarida ishlagan Musayev 2020 yilning mayida bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. U 2020 yil yozida, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov betob bo‘lib shifoxonaga yotqizilganda ham bir muddat vazir vazifasini bajarib turgan.
Ma’lumot uchun, bu so‘nggi besh yil ichida SSVdagi beshinchi vazirdir. 2012 yildan vazirlikka rahbarlik qilib kelgan Anvar Alimov 2016 yil dekabrida ishdan olingan va uning o‘rniga Adham Ikromov tayinlangandi. Ammo Ikromov ikki oydan ortiqroq vaqt ishlagach, 2017 yil fevralida uning o‘rniga Alisher Shodmonov kelgan va u 2020 yil noyabriga qadar ishlagan, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashishi fonida ishdan olinib, uning o‘rnida Abduhakim Hojiboyev ish boshlagandi.
«Nigoh» kanalining xabar berishicha, Abduhakim Hojiboyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga ishga o‘tishi kutilmoqda. Aynan qaysi lavozimga ekani haqida ma’lumot yo‘q. Federatsiyaga 2016 yildan buyon Qudratilla Rafiqov rahbarlik qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi videoselektorda sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlar tanqidiy tahlil qilingan, endokrinologiya masalalaridagi qoniqarsiz holat uchun Vazirlar Mahkamasidagi sohaga mas’ul xodim lavozimidan bo‘shatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi