21:43 / 11.11.2021
3 776

MIB: «Yashil makon» umummilliy loyihasida

MIB: «Yashil makon» umummilliy loyihasida
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Bu boradagi ishlar Byuro organlari tomonidan izchillik bilan davom ettirilib, MIB Samarqand viloyat boshqarmasi tizimidagi xodimlar bu umummilliy aksiyaga o‘z munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, boshqarma xodimlari boshqarma hovlisi va atrofida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini olib borib, 30 ga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekishdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, Byuro xodimlarining obodonlashtirish va tozalik ishlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shish, milliy qadriyat va an’analarimizda hamjihatlik bilan ishtirok etishdir. Bu kabi tadbirlar tuman-shahar bo‘limlarida ham olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: «Yashil makon» umummilliy loyihasida